2022-yilning 13-yanvar kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi hamda O‘zNNTMA hamkorligida «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasi – xalqchil va insonparvar davlat poydevori» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Oliy Majlis Senati a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ekspertlari, Respublikada faoliyat yuritayotgan jamoat, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda davlat granti va ijtimoiy buyurtmalarni amalga oshirayotgan faol NNTlarning 700 nafardan ortiq vakillari onlay va oflayn shaklda ishtirok etgan tadbirda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni tasdiqlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi atroflicha muhokama qilindi.
Dastlab «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov tomonidan Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasining mazmun-mohiyati va unda belgilab berilgan yettita yo‘nalish va yuzga yaqin maqsadlarning bandlarida keltirib o‘tilgan ustuvor vazifalarni takomillashtirish, uning ijrosini ta’minlashda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining faol ishtiroki yuzasidan atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.
Xususan, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ehtiyojmand aholini kasbga o‘rgatish kabi sohalarda ijtimoiy foydali loyihalarni amalga oshirish va bu jarayonda loyihalar maqsadi va ko‘zlangan natijadan kelib chiqqan holda belgilab qo‘yilgan bir yillik muddatni ikki yilga uzaytirish, iqtisodiy ajratmalarni ko‘paytirish, NNTlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni yagona kodeks holatida birlashtirish kabi taklif va tashabbuslar o‘rtaga tashlanib, soha mutaxassislari tomonidan atroflicha tahlil qilindi.
Shu bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari past bo‘lgan shahar va tumanlarni rivojlantirish, aholining ehtiyojmand qismi, nogironlar, xotin-qizlar, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligiga ko‘maklashish, joylarda aholiga turli ijtimoiy-maishiy, ma’naviy-ma’rifiy xizmatlar ko‘rsatish kabi soha va yo‘nalishlarda aniq maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z tashabbuslarini bildirdi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar umumlashtirildi hamda Farmon loyihasining tegishli bandlarida aks ettirilishi uchun «Taraqqiyot strategiyasi» markaziga taqdim etildi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati