• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
Yuy Szyun
22061 | 22 Avg. 2025 y.

“Yaxshi qoʻshni va yaxshi hamkor sifatida Xitoy Oʻzbekiston erishayotgan yutuqlardan
chin dildan mamnun
”

Yuy Szyun,
Xitoy Xalq Respublikasining
Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi

Soʻnggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Yangi Oʻzbekistonni qurish boʻyicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalardagi islohotlar oʻz samaralarini koʻrsatmoqda. Prezident xalq manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻyishni taʼkidlab, xalq talabini tinglashga katta eʼtibor qaratmoqda.

Oʻzbekistonning iqtisodiy rivojlanish dinamikasi yuqori, bozor hayotiyligini ragʻbatlantirish doimo eʼtiborda. Ishbilarmonlik muhiti optimallashtirilmoqda, infratuzilma qurilishi bosqichma-bosqich takomillashtirilib, Oʻzbekistonga sarmoya kiritish uchun tobora koʻproq xorijiy kompaniyalar jalb etilmoqda. Buning samarasida xalq farovonligi yanada yuksalib, odamlar oʻzini baxtli his qilmoqda, jamiyat barqaror va osoyishta.

Yana shuni ham aytish kerak, Oʻzbekiston ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib boryapti. Boshqa davlatlar bilan doʻstona munosabatlar va hamkorlikni faol rivojlantirib, qator yirik xalqaro tadbirlarga muvaffaqiyatli mezbonlik qilmoqda. Bu esa davlatning xalqaro mavqeyi va taʼsirini sezilarli darajada oshirib, yaxshi qoʻshnichilik va doʻstona munosabatlarni chuqurlashtirishga beqiyos hissa qoʻshadi.

Yaxshi qoʻshni va yaxshi hamkor sifatida Xitoy Oʻzbekiston erishayotgan yutuqlardan chin dildan mamnun. Oʻylaymanki, Prezident Mirziyoyevning kuchli siyosiy irodasi “Yangi Oʻzbekiston” taraqqiyotini tezlashtiradi, oʻzbek xalqi oʻz orzusini roʻyobga chiqaradigan vaqt uzoq emas.


3
Похожие новости