2022-yilning 16-noyabr kuni G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universitetining Toshkent filialida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov boshchiligidagi markaz ekspertlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, Markaz ekspertlari universitetning Inkubatsiya markazi, raqamli laboratoriyalar, axborot-kutubxona markazi, Taraqqiyot strategiyasi xonasi hamda talabalarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
Shundan so‘ng, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda universitet ilmiy jamoasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda E.Tulyakov, Markaz faoliyati, Harakatlar strategiyasi doirasida erishilgan natijalar va 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi maqsadlarining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi.
E.Tulyakov o‘z nutqi davomida, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga aholining turli qatlamlarini keng jalb qilish, ular bilan muntazam ravishda muhokamalar o‘tkazish, fikr-mulohaza va takliflarini eshitish hamda o‘rganish borasida faol sa’y-harakatlarni olib borayotgani e’tirof etdi. Shuningdek, takliflarni o‘rganish va ularning ta’sirchanligini oshirish maqsadida Markaz bevosita akademik doiralar, mahalliy va xorij oliy ta’lim muassasalari, mustaqil ekspertlar, nodavlat ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Ta’kidlash joizki, Markaz o‘z faoliyatini samarali tashkil etishda ilg‘or xorijiy tajriba, xalqaro standartlar, ta’lim muassasalarining faoliyati, shuningdek xalqaro tashkilotlar, mahalliy va xorijlik ekspertlarning fikr-mulohazalarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Shuningdek, E.Tulyakov, bugun mamlakatimizda yoshlarning ta’lim olishiga alohida e’tibor qaratilayotganligi, shu bois yoshlar o‘rtasida oliy ma’lumotli bo‘lish istagi har qachongidan ham kuchayib borayotgani, ayniqsa talabaning zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan keng, yorug‘ auditoriyalarda o‘zgacha mas’uliyat bilan ta’lim olishga intilishi odamga zavq bag‘ishlashini, bu, mazkur universitet faoliyatida ham yaqqol ko‘zga tashlanib turganini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda ta’lim berish jarayonlariga Taraqqiyot strategiyasi maqsadlari keng tadbiq etilayotganligi, zero, u nafaqat siyosiy, iqtisodiy, balki ma’naviy jihatdan ham yosh avlodni tarbiyalash borasida muhim hujjat sanalishi e’tirof etildi.
Uchrashuv yakunida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi hamda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti filiali o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tomonlar kelgusida ushbu hamkorlik memorandumi doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirishga qaratilgan ilmiy konferetsiya va seminarlarni tashkil etishga kelishib oldilar.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati