• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA

2022-yilning 16-noyabr kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida, Markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov hamda Shvetsiyaning O‘zbekistondagi elchisi Tomas Danestad bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida, E.Tulyakov elchi T.Danestadni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosatning mazmun-mohiyati, Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning dastlabki natijalari, shuningdek ushbu jarayonda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan olib borilayotgan jamoatchilik nazoratining o‘rni va ahamiyati bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi.

O‘z navbatida, elchi T.Danestad O‘zbekistonda 2017–2021 yillarda Harakatar strategiyasi doirasida boshlangan islohotlarni mantiqiy davomi sifatida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbkistonning taraqqiyot strategiyasining qabul qilinishini ijobiy baholab, mazkur hujjat ko‘lamli va uzoq muddatli strategiyalarni o‘z ichiga olgani bois, uning ijrosini tizimli monitoring qilib borish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, T.Danestad Markaz faoliyati bilan tanishib, “Taraqqiyot strategiyasi” markazining ish faoliyati Shvetsiya uchun o‘ziga xos yangilik ekanligini, bugungi kunda islohotlar jarayonida mamlakat fuqarolarining ijtimoiy faolligi, bunda bevosita Markaz xodimlarining alohida roli borligini qayd etdi.

Suhbat davomida T.Danestad O‘zbekistonda jamoatchilik boshqaruvi tizimida o‘ziga xos uslubga ega bo‘lgan mahalla instituti faoliyatiga ham qiziqish bildirdi. E.Tulyakov tomonidan mahalla institutining O‘zbekistonda tutgan o‘rni, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonidagi ahamiyati haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Shu bilan birga, Taraqqiyot strategiyasida mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo'g'iniga aylantirishga qaratilgan alohida maqsad va chora-tadbirlar belgilanganligini e’tirof etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar 2022-yilning 31-oktyabr kuni Shvetsiyaning Stokgolm shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida belgilab olingan O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, ijtimoiy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini yana bir bor muhokama qilib, birgalikda hamkorlikning yangi qirralaridan samarali foydalanishga kelishib olishdi.

 

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati