2023-yilning 10-aprel kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan «Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!» mavzusida respublika konferensiyasi o‘tkazildi. Unda 130 nafardan ziyod taniqli olimlar, ziyolilar, professor-o‘qituvchilar, shoir va yozuvchilar, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan asosiy o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berib o‘tdi.
– Yangi tahrirdagi Konstitutsiya inson, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida belgilab beruvchi muhim g‘oya va qoidalarni o‘zida aks ettirgan mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi hujjatdir, – dedi E.Tulyakov. Shuningdek, yangilanayotgan Konstitutsiyada sifatli ta’lim, malakali tibbiy yordam, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muhtojlarni uy-joy bilan ta’minlash, bandligini ta’minlash, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan qator normalar ham belgilanmoqda.
Shuningdek, yig‘ilishda ishtirokchilar tomonidan «Inson qadri uchun» tamoyili Konstitutsiyada, qonunlarimiz va davlat idoralari faoliyatida bosh mezon bo‘lishi shart ekanligi, shu bois, Konstitutsiya loyihasida insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsiz hamda hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi to‘g‘risida norma kiritilayotganiga alohida urg‘u berildi.
Yangilanayotgan Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi alohida ta’kidlandi.
Ta’kidlash joizki, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshmoqda, Konstitutsiyaning amaldagi 275 ta normasi 434 taga ko‘paymoqda, ya’ni amaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilanmoqda.
Tadbir davomida Konstitutsiyaga kiritilayotgan asosiy o‘zgarishlarning har biri bo‘yicha alohida-alohida to‘xtalib o‘tildi, fikrlar almashildi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati