2023-yilning 17-aprel kuni Shvetsiya xavfsizlik va taraqqiyot siyosati institutida Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari ishtirokida yangi tahrirda qabul qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlametlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Dilorom Fayziyeva hamda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovlar ishtirokchilarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar haqida ma’lumot berib o‘tdilar.
Jumladan, ishtirokchilarga yangilanayotgan Konstitutsiya orqali respublikada parlamentarizmni rivojlantirish, inson huquqlari va gender tengligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirish, raqobatbardosh milliy iqtisodiyot, xususiy tadbirkorlik va mulk huquqi kafolatlari mustahkamlanayotganligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, tadbirda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Xususan, amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi, nufuzli xalqaro tashkilotlarning tavsiya va takliflari inobatga olinib kelinayotganligi e’tirof etildi. Bunda, O‘zbekistonda qabul qilinayotgan hujjatlar BMTning tavsiyalari va Barqaror rivojlanish maqsadlari hamda YEXHTning tamoyillariga mos bo‘lishiga alohida ahamiyat berilayotganiga urg‘u berildi.
Davra suhbati yakunida Shvetsiya xavfsizlik va taraqqiyot siyosati instituti ikki tomonlama hamkorlikdan manfaatdor ekanligini bildirib o‘tdi, shuningdek tomonlar qo‘shma ijtimoiy tadqiqotlarni hamkorlikda amalga oshirish, soha bilan bog‘liq turli ilmiy, uslubiy va tahliliy materiallarni tayyorlash va o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati