2023-yilning 26-aprel kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi bilan hamkorlikda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining korrupsiyaga qarshi dunyoqarashini shakllantirishga bag‘ishlangan «Ta’lim sohasiga halollik standartini joriy etish» nomli uslubiy qo‘llanmaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi, Ichki ishlar, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari, Ichki ishlar Akademiyasi, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Ta’kidlandiki, makzur uslubiy qo‘llanmada korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, mazmun-mohiyati, tasnifi, uning salbiy oqibatlari, O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining huquqiy asoslari, korrupsiyaga qarshi ta’lim va bolalarni o‘qitishning innovatsion g‘oya va mexanizmlari, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi zamonaviy ta’limning asosiy yondashuvlari hamda tamoyillari haqida so‘z yuritilgan.
Shuningdek, qo‘llanmada yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, halollik, to‘g‘rilik, ayniqsa korrupsiyaga nisbatan murosasizlik kayfiyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Tadbirda so‘z olgan «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov, ushbu uslubiy qo‘llanmadan ko‘zlangan asosiy maqsad, bu – umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yosh avlodda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
– Yosh avlod tarbiyasida boshlang‘ich maktab davri halollik qadriyatlarini shakllantirish uchun muhim bosqichdir, – dedi E.Tulyakov. – Zero, yosh avlodning maktab davridagi dastlabki olgan bilim va ta’limi toshga o‘yilgan naqshdek muhrlanadi va ulg‘aygunga qadar shaxsiyatining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Ana shu nuqtai nazardan, yosh avlod ongiga poraxo‘rlikning naqadar zararli ekanligi, uning jamiyat taraqqiyotiga putur yetkazishi singdirilganidan so‘nggina, korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada samarali amalga oshirish mumkin.
Ta’kidlash joizki, ushbu maqsadga erishish yo‘lida qator muammolar mavjud bo‘lib, ulardan biri umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarga yordamchi bo‘ladigan uslubiy ishlanmalarning yetishmasligidir.
Shu bois ham, maktab ta’lim muassasalari o‘qituvchilarida korrupsiya va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risidagi tushunchani shakllantirish hamda ularni o‘quvchilarga zamonaviy va interaktiv usullarda yetkazish maqsadida, mazkur uslubiy materialni ishlab chiqish zarurati tug‘ildi.
Shuningdek, tadbirda so‘z olganlar tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganini, Davlat rahbari ko‘plab ma’ruza va chiqishlarida loqaydlik, beparvolik, poraxo‘rlik, korrupsiya, soxtakorlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilishga qarshi kurash butun jamiyatning maqsadiga aylanishi kerakligi to‘g‘risida bot-bot takrorlashini alohida qayd etildi. Eng muhimi, mamlakatimizda bu illatning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonun bilan aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi.
Tadbir yakunida soha xodimlari tomonidan mazkur qo‘llanmani yanada takomillashtirishga doir fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati