• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

TURKIYALIK XALQARO KUZATUVCHI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Ayni kunlarda «Taraqqiyot strategiyasi» markazida 2023-yilning 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendum jarayonlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish maqsadida O‘zbekistonda bo‘lib turgan turli davlatlardan tashrif buyurgan kuzatuvchilar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, 29-aprel kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov hamda xalqaro kuzatuvchi sifatida mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiyaning Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar jamg‘armasi (SETA) vakili Ferhat Pirinchchi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida E.Tulyakov F.Pirinchchini Markaz faoliyati, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan tanishtirdi.

Shu bilan birga, tomonlar hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro manfaatli sohalarda turli konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar tashkil qilish, tahliliy maqolalarni e’lon qilish va boshqa dolzarb masalalarda hamkorlik bo‘yicha Memorandum imzolashga kelishib olishdi.

 

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati