• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

O‘ZBЕKISTON VA POKISTON «AQL MARKAZLARI» O‘RTASIDAGI HAMKORLIK YANADA KЕNGAYADI

2023-yilning 29-aprel kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Markaz rahbari Eldor Tulyakov hamda O‘zbekistondagi referendum jarayonida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan Pokiston global va strategik tadqiqotlar markazi direktori Xolid Taymur Akram bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida E.Tulyakov mehmonni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi faoliyati hamda Markaz oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi. Xususan, Taraqqiyot strategiyasi doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini milliy va xalqaro jamoatchilikka yetkazishda Markazning alohida o‘rni borligi qayd etib o‘tildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, bu jarayonda fuqarolar va keng jamoatchilikning ishtiroki hamda referendum jarayonlari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakatning yetakchi «aql markazlari» o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida kelgusida bir qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olishdi.

 

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati