2023-yil 11-may kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Pokiston Islom Respublikasi Milliy mudofaa universiteti delegatsiyasi a’zolari uchun O‘zbekistonda so‘nggi olti yilda amalga oshirilgan islohotlar natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘lim boshlig‘i Farrux Xakimov mehmonlarni Harakatlar strategiyasi va uning doirasida erishilgan natijalar hamda bu jarayonda Markaz tomonidan olib borilgan jamoatchilik nazoratining o‘rni va ahamiyati bilan tanishtirib o‘tdi.
Shundan so‘ng, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, Taraqqiyot strategiyasi o‘zida mamlakatni kelgusi besh yilda rivojlantirishga qaratilgan 7 ta yo‘nalish va 100 ta maqsadni jamlaganligi, bunda bugungi globallashuv jarayonidan kelib chiqqan holda Harakatlar strategiyasidan farqli o‘laroq, alohida ikki yo‘nalish qo‘shilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Ushbu maqsadlarning amalga oshirilishi O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan roli va o‘rnini oshirish, xalq farovonligi, tinchligi, demokratiya va inson huquqlari kafolatini ta’minlaydigan erkin jamiyat va adolatli davlat qurishga hamda mamlakat xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirib, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borishga qaratilganligi bilan g‘oyatda ahamiyatlidir.
Xususan, Taraqqiyot strategiyasining yettinchi – Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish yo‘nalishi doirasida kelgusi besh yilda Janubiy Osiyo, Osiyo-Tinch okeani, MDH, Yevropa Ittifoqi va Amerika mamlakatlari, shuningdek Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mintaqalari davlatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada jadallashtirish ko‘zda tutilgan.
Albatta, O‘zbekistonning Janubiy Osiyo mintaqasi mamlakatlari bilan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning kengayishida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va hamkorlik aloqalarining o‘rni muhim ahamiyatga ega.
Taqdimot yakunida F.Xakimov ishtirokchilar tomonidan Taraqqiyot strategiyasi ijrosi, jumladan 2022-yilda erishilgan natijalar yuzasidan berilgan savollarga javob berdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati