2023-yilning 17–18-may kunlari Toshkent shahrida “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik va sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirok etishdi.
Ikki kunlik forum doirasida ishtirokchilar 16 ta muhokama sessiyalariga bo‘lingan holda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar va ularning tizimliligini ta’minlash borasidagi mavjud muammo va yechimlar yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.
Jumladan, 18 may kuni 15 dan ortiq xalqaro ekspert hamda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 60 ga yaqin NNT vakillari ishtirokida “Xalqaro nohukumat tashkilotlariga yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida muhokama sessiyasi o‘tkazildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov moderatorlik qilgan sessiyada mahalliy ma’ruzachilar tomonidan mamlakatda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy mustaqillik va barqarorligini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xalqaro NNT vakillari va mahalliy NNTlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan odam savdosiga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining o‘rni, kasb-hunar ta’limidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, qonun ustuvorligini ta’minlash, ekstremizm va radikallashuv kabi huquqbuzarliklarning oldini olishga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.
Shu bilan birga, tadbirda davlat va jamiyat boshqaruvida ijtimoiy sheriklikning ahamiyati, ushbu yo‘nalishda mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan o‘zaro fikr almashilib, sohasini yanada takomillashtirish, ta’sirchan jamoatchilik nazorati tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati