2023-yilning 19-iyul kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi taklifiga ko‘ra, Pokistonning ingliz tilida efirga uzatiladigan nufuzli radiolaridan biri bo‘lgan «Planet FM 87.6» radiosida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat tashkil etildi.
Bir soat davom etgan mazkur efirda Markaz rahbari yaqinda O‘zbekistonda muddatidan oldin bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlari, yaratilgan shart-sharoitlar, saylov natijalari, shuningdek O‘zbekistonning tashqi siyosati borasida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Ta’kidlandiki, saylovlarni o‘tkazish uchun 14 ta okrug va 10 784 ta uchastka saylov komissiyalari shakllantirildi. 39 ta xorijiy davlatda 56 ta saylov uchastkasi tuzildi. Saylov uchastkalarida fuqarolarning o‘z saylov huquqlarini to‘liq amalga oshirishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar uchun saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish 2023-yil 28-iyun kuni boshlanib 2023-yil 5-iyul kuni yakunlandi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, muddatidan ilgari ovoz berish huquqidan 815 313 nafar saylovchi foydalangan.
Suhbat davomida E.Tulyakov saylov jarayonlarini YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi hamda MDHning uzoq muddatli missiyalari bevosita kuzatib borganligini, shuningdek MDH Parlamentlararo assambleyasi, SHHT tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkilotidan ham kuzatuvchilar ishtirok etganligini qayd etdi. Ta’kidlandiki, saylov milliy qonunchiligimiz va umume’tirof etilgan xalqaro tamoyillar asosida, erkin va demokratik, sog‘lom raqobat va siyosiy kurash muhitida, ochiqlik va shaffoflik ruhida o‘tgani mahalliy va xorijiy kuzatuvchilar tomonidan e’tirof etildi.
Shuningdek, Markaz rahbari E.Tulyakov O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi mintaqaviy bog‘liqlikni ta’minlash va Transafg‘on transport koridori bo‘yicha tashabbuslari, O‘zbekiston-Pokiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda muhim bitim va kelishuvlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Efir davomida pokistonlik radiotinglovchilarga taniqli o‘zbek xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlarning taqdim etilishi, suhbatga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati