2023-yilning 25-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2023-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi g‘oliblari uchun tashkil etilgan «Yoshlarni vatanga sadoqat, o‘zbek milliy qadriyatlariga hurmat, g‘oyaviy-siyosiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ustuvor masalalari» nomli maxsus o‘quv-seminarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘lim boshlig‘i Anvarjon Mirkomilov “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev – O‘zbekistonni 2022–2026-yillarga rivojlantirishning Taraqqiyot strategiyasi va mamlakatni jadal isloh etishning bosh me’mori” mavzusida ma’ruza qildi.
Unda xorijiy davlatlardagi nufuzli universitetlar va ilmiy markazlarda bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 150 nafardan ziyod jamg‘arma stipendiatlari ishtirok etdilar.
Taqdimotda 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida yetti yo‘nalish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati, Davlat rahbarining mamlakatni jadal isloh etishdagi beqiyos roli va o‘rni ochib berildi.
Seminarda A. Mirkomilov “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan tayyorlangan risola, to‘plam va nashrlarning o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi elektron nusxalari markazning strategy.uz veb-sahifasiga joylashtirilganligi va ulardan xorijiy davlatlarda tahsil olish jarayonida foydalanishi mumkin ekanligi alohida urg‘u berdi. Shuningdek, ekspert “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovi g‘oliblari o‘zlarining fikr-mulohazalarini Davlat dasturlari loyihasi bo‘yicha tashkil etiladigan keng jamoatchilik muhokamasida bildirishlari maqsadga muvofiq ekanini ta’kidlab, Markaz ular bilan hamkorlik uchun doim ochiqligini qayd etdi.
O‘quv-seminar samimiy, ochiq muloqot tarzida o‘tib, qatnashchilarning barcha savollariga ekspert tomonidan batafsil javob qaytarildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati