2023-yilning 11-avgust kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi va BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida «Barqaror rivojlanish maqsadlari kontekstida «O‘zbekiston – 2030» strategiya loyihasini muhokama qilish bo‘yicha qo‘shma maslahatlashuvlar» mavzusida xalqaro davra suhbati tashkil etildi.
Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mas’ullari, O‘zbekistondagi xorijiy diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, vazirlik, idora va tashkilotlar mas’ullari, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ekspertlari, NNT hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, bu – «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «xalqaro ekspertiza»dan o‘tkazish, ya’ni xorijiy ekspertlarning fikr-mulohazalarini va tavsiyalarini jamlash, tahlil qilish va shu orqali mazkur strategiyani yanada takomillashtirish, shuningdek uning Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) muvofiqligi yuzasidan ekspert tahlilini o‘tkazishdan iborat.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor TULYAKOV o‘zining kirish so‘zida:
«O‘zbekistonda qabul qilinayotgan muhim hujjatlar, ayniqsa mamlakatimizning taraqqiyotiga bevosita daxldor hisoblangan strategik hujjatlar loyihalarini tayyorlashda mahalliy jamoatchilik, shuningdek xorijiy ekspertlar va xalqaro jamoatchilikning fikr-mulohazalarini o‘rganish ham muhim hisoblanadi.
Shundan kelib chiqqan holda, bugungi tadbir «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi loyihasini BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida muhokama qilish va «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini BRMga erishishdagi ahamiyatini tahlil qilish maqsadida tashkil etildi», deya ta’kidladi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda o‘tgan davrda davlat boshqaruvidagi shaffoflikning ta’minlanishi natijasida jamoatchilikning fikrlarini erkin bildirishiga «ochiq maydon» yaratib berildi. O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida qabul qilinayotgan muhim strategik hujjatlar va Davlat dasturlari loyihasini ishlab chiqilishida keng jamoatchilikning faol ishtirok etishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
O‘z navbatida, hujjatlar loyihasi ishlab chiqilganidan so‘ng, ular umumxalq muhokamasiga havola etilib, oddiy odamlar, mutaxassis-ekspertlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillarining fikr-mulohazalari, taklif-tavsiyalari inobatga olinganidan so‘nggina qabul qilinib, ijroga yo‘naltirilmoqda.
Eldor TULYAKOV o‘z nutqida davomida shunday dedi:
– Bugungi kunda, 17 ta milliy maqsad hamda 126 ta vazifadan iborat Barqaror rivojlanish milliy maqsadlarni (BRMM) kompleks, tarmoq va mintaqaviy rivojlanish strategiyasi va dasturlariga integratsiya qilish, BRMMni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil etish, tarmoqlararo muvofiqlashtirish hamda ularga erishish yo‘lida kompleks yondashuvni ta’minlash bo‘yicha muntazam sa’y-harakatlar olib borilmoqda.
Olib borilayotgan ishlar natijasida joriy yilda O‘zbekiston BMTning Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i (SDSN) va xalqaro ekspertlar tomonidan e’lon qilingan BRM (SDG index) reytingida 8 pog‘onaga ko‘tarilib, 71,1 indeks bilan 166 ta mamlakat orasida 69 o‘rinni egalladi.
Shu o‘rinda aytish muhimki, O‘zbekistonda qabul qilingan va amalga oshirilayotgan mamlakatni rivojlantirishning ikkita strategik dasturi – Harakatlar strategiyasi hamda Taraqqiyot strategiyasi inson sha’ni, haq-huquqlari, tibbiyot, ta’lim, atrof-muhit muhofazasi va shu kabi qator sohalarda mamlakat o‘z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarni to‘liq qamrab oldi.
Bugungi yig‘ilishda muhokama qilinayotgan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi ham 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsadni, xususan tibbiy yordamga muhtoj aholining 70 foiz murojaatlarini birlamchi bo‘g‘inning o‘zida hal etish, kambag‘allikni 2 barobarga kamaytirish, maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 100 foizga yetkazish, suvni ishlatish samaradorligini 25 foizga oshirish, respublika hududininng yashillik darajasini 30 foizga yetkazish kabi qator ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga qamrab olgan.
Strategiyada belgilayotgan maqsad va vazifalar, BRMMlarini amalga oshirish uchun o‘ziga xos «yo‘l xaritasi» vazifasini o‘taydi desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tadbir 3 ta sessiyaga bo‘lingan holda davom etdi. Sessiyalarda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi loyihasida ko‘zda tutilgan – Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish, Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash, Suvni tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda nazarda tutilgan ayrim maqsadlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi, tadqimotlar o‘tkazilib, ular bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Konsuelo Vidal BRYUS, BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi:
– Bugun biz, O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan yangi strategiyasi loyihasini Barqaror rivojlanish milliy maqsadlari va vazifalariga muvofiqligini muhokama qilish maqsadida yig‘ildik. Ushbu strategiya, shubhasiz 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish milliy maqsadlarini amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Biz strategiyaning 5 ta asosiy yo‘nalishidagi maqsadlar, vazifalar va faoliyati, shuningdek 2030-yilgacha Barqaror rivojlanishning milliy maqsadlariga qanchalik mos kelishini batafsil o‘rgandik.
Ma’lumki, yaqinda O‘zbekiston BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga 2030-yilgacha milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ikkinchi Ixtiyoriy milliy sharhini taqdim etdi. Unda mamlakatning BRMMlarini moliyalashtirish, xususiy sektor va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, demografik rivojlanish bilan bog‘liq o‘ziga xos milliy jihatlarga moslashish, ayollar va yoshlar, gender tenglikni qo‘llab-quvvatlash siyosatini kuchaytirish bo‘yicha salohiyati va imkoniyatlari ochib berilgan. Hujjatda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda Barqaror rivojlanishning maqsad va vazifalari o‘rtasidagi muvofiqlik, o‘zaro bog‘liqlik muhim o‘rin egallagani, ayniqsa alohida ahamiyatga ega.
Davra suhbati davomida, ekspertlar tomonidan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi loyihasining asosiy yo‘nalishlari keng muhokama qilinib, mazkur hujjatni yanada takomillashtirish bo‘yicha konseptual taklif va tavsiyalar bildirildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati