• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

“O‘ZBEKISTON — 2030” STRATEGIYASINING MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN NAVBATDAGI TADBIR “TURONBANK” ATBDA O‘TKAZILDI

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ishtirokidagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv “Turonbank” ATBning bosh ofisida o‘tkazildi. Unda moliya muassasasi rahbariyati va xodimlari bevosita, bankning joylardagi barcha Bank xizmatlari markazlari xodimlari esa onlayn tarzda ishtirok etishdi.

Tadbir qatnashchilariga “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov  “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va mazkur strategik hujjatni tasdiqlashga oid Prezident farmoni haqida batafsil maʼlumotlar berib o‘tdi. Shundan so‘ng, markaz direktori Strategiyaning ustuvor yo‘nalish va maqsadlari, ularni samarali amalga oshirish ko‘rsatkichlari haqida so‘z yuritib, aynan iqtisod va moliya yo‘nalishlari bilan bog‘liq belgilangan vazifalarga alohida to‘xtaldi.

Taʼkidlanganidek, Strategiyada bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish maqsadida bir qator, xususan, bank va moliya tizimida yillik kreditlash hamda bank omonatlari hajmini oshirish, shuningdek, banklarni xususiylashtirish bilan bir qatorda bozorga yirik nufuzli chet el banklarini jalb qilish, kamida 3 ta tijorat bankida islom moliyasi mezon va tartiblarini joriy etish, uning qonuniy asoslarini shakllantirish kabi vazifalar belgilangan.  

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati haqida ham so‘z bordi. Bosh qonunimizning o‘ziga xos xususiyatlari va avvalgi Konstitutsiyadan farqli jihatlari tilga olindi.

Muloqot jarayonida bank xodimlari ishtirokida Strategiyani amalga oshirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish yuzasidan bildirilgan fikrlar doirasida muhokamalar ham bo‘lib o‘tdi. Tadbir qatnashchilarining har bir savoliga batafsil javoblar berildi.
 

 “Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati