Joriy yilning 17-noyabr kuni Toshkent shahrida Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) raisining oʻzbek tilida chop etilgan “Qashshoqlikdan xalos boʻlish” kitobi taqdimotiga bagʻishlangan xalqaro tadbir oʻtkazildi.
Mazkur tadbir “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda XXRning Oʻzbekistondagi elchixonasi, XXR Davlat kengashi matbuot xizmati, Xitoy xorijiy tillardagi adabiyotlarni nashr etish va tarqatish Boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Xitoy xorijiy tillardagi adabiyotlarni nashr etish va tarqatish Boshqarmasi direktori Du Chjanyuan boshchiligidagi XXR delegatsiyasi va Oʻzbekiston Parlamenti aʼzolari, shuningdek, qator vazirlik, idora va tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Taqdimotda “Qashshoqlikdan xalos boʻlish” kitobining mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazildi. Shuningdek, “Oʻzbekiston va Xitoy davlat boshqaruvi” va “kambagʻallikni qisqartirish” mavzularida oʻzaro fikr almashinilib, ishtirokchilar kitob haqidagi taassurotlari bilan boʻlishdi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, Xitoy davlati 40 yil avval boshlangan ochiqlik va islohotlar siyosati hamda inson resurslaridan samarali foydalanish natijasida bugungi kunda global darajada eng yirik ishlab chiqaruvchi va eksportchi mamlakatga, yuqori texnologiyalarga asoslangan “dunyo fabrikasi”ga aylangan.
XXR raisi 2021-yil 24-fevral kuni boʻlib oʻtgan mamlakatning qashshoqlikni bartaraf etishdagi yutuqlariga bagʻishlangan yigʻilishda Xitoy mutlaq qashshoqlik ustidan toʻliq gʻalabaga erishganini maʼlum qilgan.
Unga koʻra, 98,99 million qishloq aholisi qashshoqlik chegarasini kesib oʻtib, 832 hududiy birlik va 128 ming qishloq qashshoq hududlar maqomidan olib chiqildi, buning uchun taxminan 246 milliard dollar sarmoya kiritilgan boʻlib, Xitoy BMTning 2030-yilgacha qashshoqlikni tugatish boʻyicha maqsadlarini 10 yil avval uddaladi.
Mazkur muvaffaqiyatining toʻliq tavsifi, qashshoqlik muammosiga bagʻishlangan tadqiqot asari hisoblangan “Qashshoqlikdan xalos boʻlish” kitobida keltirilgan.
Kitobda Xitoyning qashshoqlikka qarshi kurashdagi erishgan natijasi zamirida, muhtojlarga shunchaki pul tarqatish emas, balki muammoga tizimli yondashuv bilan erishilgani, davlatning qashshoqlikdan xalos boʻlish tarixi, aholi turmush darajasini oshirish boʻyicha hukumat dasturlari hamda qashshoqlikdan muvaffaqiyatli xalos boʻlishga yordam beruvchi omillar haqida soʻz boradi.
Jumladan, muallif qishloq joylarda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va infratuzilmani rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan faol hukumat siyosati muhimligini taʼkidlaydi hamda turli dastur va loyihalar orqali qashshoqlikni kamaytirish va millionlab insonlarning turmush darajasini yaxshilash mumkinligiga toʻxtaladi.
Shuningdek, kitobda ijtimoiy adolat va tenglik masalalari, xususan, daromadlar tengsizligi, taʼlim va sogʻliqni saqlashdan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Umuman olganda, “Qashshoqlikdan xalos boʻlish” kitobi Xitoydagi qashshoqlik muammosi va uni bartaraf etish mexanizmlarini yaxshiroq tushunish imkonini beruvchi qimmatli tadqiqot materialidir.
Muallif nafaqat mavjud vaziyat tahlilini, balki ushbu sohadagi vaziyatni yaxshilash boʻyicha konstruktiv takliflarni ham taqdim etmoqda. Kitob ijtimoiy siyosat sohasidagi mutaxassislar uchun ham, jamiyat taraqqiyotining zamonaviy muammolari va istiqbollari bilan qiziqqan keng kitobxonlar uchun ham foydali boʻladi.
Maʼlumki, mamlakatimizda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida “2026-yilga qadar kambagʻallikni 2022-yilga nisbatan 2 barobarga, 2030-yilga qadar esa keskin qisqartirish” boʻyicha amaliy saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Oʻz navbatida, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha muvaffaqiyatli Xitoy tajribasini aks ettirgan mazkur kitob mamlakatimizda ushbu yoʻnalishdagi ishlarni samarali tashkil qilishga xizmat qiladi, deb umid qilamiz.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati