Xabar berib borayotganimizdek, joylarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan qator vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlarini “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati bilan tanishtirishga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri, Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Birinchi mintaqaviy hududida boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari, Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Birinchi mintaqaviy hududi rahbariyati, zobitlar hamda ishchi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir qatnashchilariga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va mazkur strategik hujjatni tasdiqlashga oid Prezident farmoni haqida maʼlumotlar berildi. Asosiy eʼtibor, Strategiyaning ustuvor yoʻnalish va maqsadlari, ularni samarali amalga oshirish koʻrsatkichlariga qaratildi.
Shuningdek, tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati haqida ham soʻz bordi. Bosh qonunimizning oʻziga xos xususiyatlari va avvalgi Konstitutsiyadan farqli jihatlari tilga olindi.
Shu mazmundagi uchrashuv mazkur muassasada jazo muddatini oʻtayotgan mahbuslar ishtirokida ham oʻtkazildi. Ularga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va yangi tahrirdagi Konstitutsiyada aks etgan inson huquq va erkinliklari bilan bogʻliq oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar berildi.
Jumladan, yangilangan Konstitutsiya boʻyicha Oʻzbekistonda oʻlim jazosi taʼqiqlanmoqda. Mazkur jazoni taqiqlashni konstitutsiyaviy darajada belgilanishi insonni hayotdan, hatto davlat ham mahrum etishga haqli emasligini kafolatlaydi. Shuningdek, har kim Oʻzbekiston qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalardan foydalanib boʻlingan boʻlsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli ekanligi mustahkamlanmoqda.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati