Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi muhokama qilindi.
Unda Oliy Majlis Senati aʼzolari, Qoʻmita ekspertlari, vazirlik va idoralar masʼullari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari, NNT vakillari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiya raislari ishtirok etdi.
Muhokama davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi eksperti Avazbek Xalbekov davlat dasturi loyihasida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunarlarga oʻqitish orqali bandligini taʼminlashga koʻmaklashish hamda xotin-qizlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy choralarga toʻxtalib oʻtdi.
Xususan, hujjat loyihasiga koʻra, 2024-yilda 85 ming nafar xotin-qizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, 90 ming nafar xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish vazifalari belgilanmoqda.
Shuningdek, ayollarni tazyiq hamda zoʻravonlikning turli shakllaridan himoyalash, xorijiy mamlakatlarda ogʻir vaziyatga tushib qolayotgan oʻzbekistonlik ayollarga har tomonlama koʻmak koʻrsatish borasida ham tegishli vazifalar kiritilayotgani taʼkidlab oʻtildi.
Muhokamalar yakunida loyihaga kiritilishi nazarda tutilgan qator takliflar bildirildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati