Oʻzbekiston Milliy universitetining “Siyosatshunoslik” kafedrasi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni loyihasi boʻyicha keng jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi.
Tadbirda universitet “Siyosatshunoslik” yoʻnalishi talabalari ishtirok etdi. Unda 2024-yilgi Davlat dasturi loyihasining mazmun-mohiyati va unda nazarda tutilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Jamoatchilik muhokamasida ishtirok etgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi eksperti Anvarjon Mirkomilov Davlat dasturi loyihasining beshta yoʻnalishida belgilanayotgan muhim vazifalar hamda ayni kunga qadar Markazning maxsus www.uzbekistan2030.uz portali hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali keng jamoatchilikdan kelib tushgan konseptual takliflar haqida talabalarga batafsil axborot berdi.
Jamoatchilik muhokamasida talabalar Davlat dasturi lohasiga oʻzlarining qator taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Tadbir yakunida yoshlarni qiziqtirgan savollarga ekspertlar tomonidan batafsil javoblar berildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati