“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash” yilida amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan tadbirlar doirasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda joriy yilning 8-fevral kuni davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan maqsad va vazifalar, xususan, yoshlarni kasbga yoʻnaltirish ishlarini tizimli tashkil etish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Taʼkidlandiki, hujjat loyihasiga koʻra, yoshlarni oʻquv markazlari bilan hamkorlikda 3D modellashtirish, robototexnika, mobilografiya, marketing, grafik-dizayn, animatsiya kabi zamonaviy yoʻnalishlarda oʻqitish, tanlov asosida “mahalla – tuman – viloyat – respublika” bosqichlarida ularning istiqbolli biznes loyiha va gʻoyalarini saralash kabi muhim vazifalar nazarda tutilmoqda.
Davra suhbatida ishtirok etgan yoshlar davlat dasturi loyihasiga kiritish uchun oʻz takliflarini bildirishdi. Xususan, ular tomonidan huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qiladigan “Yoshlar va qonun” platformasini ishlab chiqish va unga huquqiy yoʻnalishlarda tahsil olayotgan yoshlarni qamrab olish taklifi berildi. Bundan tashqari, yosh avlodda moliyaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish orqali ularni kiberhujum va moliyaviy xatarlardan himoya qilishga qaratilgan choralar boʻyicha qator tashabbuslar ilgari surildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati