• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

JAZONI IJRO ETISH MUASSASASIDA DAVLAT DASTURI LOYIHASIGA BAGʻISHLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Xabar berganimizdek, joylarda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash” yilida amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Prezident farmoni loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Markaziy tergov hibsxonasida oʻtkazildi. Ushbu tadbirga, Davlat va huquq instituti direktori prof. M.Turgʻunov, boʻlim boshligʻi prof. M.Baratov, Taraqqiyot strategiyasi markazining boʻlim boshligʻi A.Xalbekov va departament xodimlari va ularning murabbiylari ishtirok etishdi.

Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Avazbek Xalbekov ishtirokchilarga 2024-yilgi davlat dasturi loyihasining 5 ta ustuvor yoʻnalishi va ularda nazarda tutilayotgan muhim chora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi.

Shuningdek, ayni kunga qadar Markazning maxsus www.uzbekistan2030.uz portali hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Prezident Farmoni va Davlat dasturi loyihasi boʻyicha keng jamoatchilikdan kelib tushgan konseptual takliflar haqida maʼlumot berdi.

Shu mazmundagi uchrashuv mazkur muassasada jazo muddatini oʻtayotgan mahbuslar ishtirokida ham oʻtkazildi. Taʼkidlash kerakki, “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonining 14-maqsadida Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni taʼminlash hamda ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida inson qadrini belgilash qayd etilgan. Dasturning 47-bandida “Mahkumlar va jazoni oʻtab boʻlgan shaxslarning mehnat, ijtimoiy taʼminot va xalqaro eʼtirof etilgan boshqa huquqlarini taʼminlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga reintegratsiyasiga koʻmaklashishning samarali mexanizmlarini joriy etish, ushbu yoʻnalishda davlat va jamiyat institutlarining birgalikdagi faoliyatini yoʻlga qoʻyish” vazifasi belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda mazkur band ijrosini amalga oshirilishi yuzasidan Markaz eksperti tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida oʻrganish olib borildi.
 

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati