Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbatida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, akademiklar hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari ishtirok etdi.
Dastlab tadbirda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini keyingi yetti yillik mamlakat taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini takomillashtirish va olib borilayotgan islohotlar koʻlamini yangi bosqichga olib chiqishdagi ahamiyati haqida soʻz bordi.
Suhbat davomida 2024-yilgi Davlat dasturi loyihasining mazmun-mohiyati va unda nazarda tutilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha maʼlumot berilgach, loyihaning maqsad va vazifalari muhokama qilindi.
Davra suhbatida soʻz olgan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, iqtisod fanlari doktori, akademik Nurislom Tuxliyev hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlimi boshligʻi Anvarjon Mirkamilov oʻz nutqida Davlat dasturi loyihasida koʻzda tutilayotgan vazifalar, jumladan, barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoridan oʻrin olish, aholi talablariga va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish, qulay ekologik sharoitlarni yaratish, adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlash masalalari haqida toʻxtalishdi.
Yakunda “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi boʻyicha Akademiyaning professor-oʻqituvchilari oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati