• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

KONRAD ADENAUER NOMIDAGI JAMGʻARMANING MARKAZIY OSIYO BOʻYICHA MINTAQAVIY VAKOLATXONASI RAHBARI BILAN UCHRASHUV

2024-yil 14-fevral kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Konrad Adenauer jamgʻarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakolatli vakili Andre Algermissen bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida Markaz ijrochi direktori jamgʻarmaning yangi tayinlangan mintaqaviy vakolatxonasi rahbari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, xususan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va birgalikda tadbirlar oʻtkazish yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, Konrad Adenauer jamgʻarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakolatxonasi rahbari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyati hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati bilan tanishtirildi.

Doʻstona ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

 

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati