• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

ALFRAGANUS UNIVERSITETIDA 2024-YILGI DAVLAT DASTURINING MAZMUN-MOHIYATIGA BAGʻISHLANGAN SEMINAR OʻTKAZILDI

Toshkent shahridagi Alfraganus universitetida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalarning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan seminar tashkil qilindi. Oʻquv seminarini “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Anvarjon Mirkamilov olib bordi.

Markaz eksperti oliy taʼlim muassasasi talabalariga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda mazkur hujjat asosida qabul qilingan 2024-yilgi Davlat dasturining mazmun-mohiyati va unda nazarda tutilayotgan chora-tadbirlar, xususan, oliy taʼlim tizimiga tegishli vazifalar haqida atroflicha maʼlumot berdi.

Jumladan, bu yilgi Davlat dasturida yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish choralarini koʻrish, oliy taʼlim muassasalarini dunyoning eng nufuzli “TOP-1 000” oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritish, taʼlim tizimini xalqaro mehnat bozoridagi oʻzgarishlar, texnologik jarayonlarga mos tashkil etib, oʻqitish sifatini yangi bosqichga olib chiqish, oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish, shuningdek, “Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda qoʻshma dasturlar asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish kabi aniq maqsadlar boʻyicha muhim vazifalar belgilangan.

Seminar yakunida talabalar Strategiya va uni “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati