Joriy yilning 15-mart kuni Buyuk Britaniyaning Kembrij Universitetida “Oʻzbekistonda islohotlarni amalga oshirishda xalqaro hamkorlikning ahamiyati” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov onlayn tarzda maʼruza bilan qatnashdi.
Gibrid shaklda boʻlib oʻtgan tadbirda Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo masalalarida tahlillar olib boruvchi ekspertlari bilan bir qatorda dunyoning turli chekkasidan ilmiy va akademik doira vakillari onlayn ishtirok etdi. Anjumanda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, shuningdek, bu boradagi xalqaro hamkorlikning ahamiyati muhokama qilindi.
Eldor Tulyakov oʻz maʼruzasida, Oʻzbekistonda fuqarolar, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan yangi qonun hujjatlariga batafsil toʻxtaldi. U, shuningdek, Oʻzbekistonning demokratik jamiyat qurish va qonun ustuvorligini mustahkamlashga intilishining dalili sifatida fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishiga oid maʼlumotlarni alohida taʼkidladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish, xorijiy investorlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlarga eʼtibor qaratildi. Oʻzbekistonda islohotlarni yanada muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlar bilan konstruktiv aloqalarning muhimligi qayd etildi.
Seminar yakunida Kembrij Universitetining professor oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarining Oʻzbekistonning Xalqaro tashkilotlar bilan aloqalari, migratsiya masalalari, shuningdek, mamlakatda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan yangi islohotlar haqidagi savollariga batafsil javoblar berildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati