2024-yilning 10-may kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Oʻzbekistonda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Pokiston Islom Respublikasi Milliy mudofaa universiteti delegatsiyasi aʼzolari uchun “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.
Taqdimotda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlimi boshligʻi Farrux Hakimov kelgusi yetti yilda mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari, xususan, Strategiyaning beshinchi — “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yoʻnalishi doirasida amalga oshiriladigan muhim maqsad va vazifalar haqida maʼlumot berdi.
Taʼkidlanganidek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida Yangi Oʻzbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish, Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar bilan yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirish, anʼanaviy strategik hamkorlar, shuningdek Janubiy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlar bilan mavjud aloqalarni yanada kengaytirish, yangi va istiqbolli yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, keng mintaqalarni bogʻlovchi va Oʻzbekistonni jahon bozoriga chiqishiga imkon yaratuvchi transport-logistika yoʻlaklarini shakllantirish, qolaversa, Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan aniq maqsadlarni amalga oshirish koʻzda tutilmoqda.
Shuningdek, tadbirda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi hamda bu jarayonda Markaz tomonidan olib borilgan jamoatchilik nazoratining oʻrni va ahamiyatiga toʻxtalib oʻtildi.
Taqdimot yakunida Oʻzbekiston va Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasidagi doʻstona aloqalar rivoji haqida soʻz bordi. Oʻz navbatida, Pokiston Islom Respublikasi Milliy mudofaa universiteti vakillari “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mamlakat rivoji va istiqboli uchun muhim hujjat ekanligini taʼkidlashdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati