Joriy yilning 13-14-may kunlari Samarqand shahrida “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusiga bagʻishlangan Osiyo xotin-qizlari forumi boʻlib oʻtmoqda.
Forumda 30 dan ortiq xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan nufuzli mehmonlar – Sharqiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlarining ayol aʼzolari, hukumatlari rahbarlari, 40 nafardan ortiq xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi vakolatxonalari hamda xorijiy tashkilotlar vakillari, shuningdek, mahalliy davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, rahbar va ishbilarmon ayollar, siyosatshunoslar, ijtimoiy soha faollari, olimlar, iqtisodiyot tarmoqlari va turli sohalarning jami 400 ga yaqin vakillari hamda faol xotin-qizlar ishtirok etmoqda.
8 ta sessiya doirasida oʻz ishini davom ettirayotgan forumning “Osiyo mintaqasidagi demografiyaning hozirgi holati va uning inklyuziv iqtisodiy oʻsishni taʼminlash va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga taʼsiri” mavzusiga bagʻishlangan sessiyasi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov hamda “BMT-Ayollar” tuzilmasining Oʻzbekiston boʻyicha vakili Jyeren Guven Gures xonim moderatorligida boʻlib oʻtdi.
Sessiyada 2030-yilga qadar Global kun tartibini amalga oshirishda xotin qizlar ishtirokini oshirish, pandemiyadan keyingi davrda COVID-19 oqibatlarini, qurolli mojarolar va iqlim bilan bogʻliq oʻzgarishlarning xotin-qizlarga taʼsirining oldini olish, bolalar oʻrtasida nikoh, erta va majburiy nikoh kabi barcha zararli amaliyot turlariga barham berish, ayollarning haq toʻlanmaydigan mehnatini tartibga solish, rahbarlik lavozimlarida ayollar sonini oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Ishtirokchilar mintaqadagi demografiyaning hozirgi holati hamda gender tengligi va jahon iqtisodiyotiga taʼsirini muhokama qildilar. Mehnatga layoqatli aholining koʻpayishiga, urbanizatsiya darajasini oshirishga va inklyuziv iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradigan demografiya sohasidagi yutuqlar koʻrib chiqildi.
Shuningdek, sessiya davomida Osiyo qitʼasi mamlakatlari BMTning Ayollar holati boʻyicha komissiyasining 68-sessiyasi qarorlarini toʻliq amalga oshirishi, xususan, xotin-qizlarga nisbatan inson huquqlari buzilishining oldini olish, ayollar orasida kambagʻallikni bartaraf etish, gender muammolarni hisobga olgan holda moliyalashtirishni oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Sessiya yakunida ishtirokchilar tomonidan bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati