Joriy yilning 4-iyun kuni poytaxtimizda “Markaziy Osiyo – Xitoy” IV tahlil markazlari forumi boʻlib oʻtdi.
Forumda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari ham ishtirok etib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati aks ettirilgan oʻzbek, ingliz va xitoy tillarida chop etilgan toʻplam hamda risolalarni xorijiy hamkorlar eʼtiboriga havola qilishdi.
“Markaziy Osiyo – Xitoy” IV tahlil markazlari forumi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi ishtirokida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi Markazi bilan hamkorlikda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining taqdimoti tashkil etildi.
Taqdimotda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Avazbek Xalbekov hamkorlarni Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar va mazkur jarayonda fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrni, bevosita Markaz faoliyati, shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi.
Tadbir davomida Xitoy tahlil markazlari delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazilib, oʻzaro hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Xitoy tomoni Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar va ijobiy oʻzgarishlarni eʼtirof etib, hamkorlikda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini maʼlum qilishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati