• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

EKOLOGIK NAZORATNI OLIB BORISHDA MAHALLANING OʻRNINI OSHIRISHGA QARATILGAN SEMINAR OʻTKAZILDI

Toshkent kimyo texnologiya institutida “Jamoatchilik va ekologik nazoratini amalga oshirishda, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining roli va vazifalari” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi. Mazkur seminar Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda qator tashkilotlar hamkorligida oʻtkazildi.

Seminarda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish vazirligi, “Ekolog” jamoat birlashmasi, Toshkent shahar hokimiyati, Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi vakillari, MFY raislari, keng jamoatchilik vakillari va OAV ishtirok etdi.

Ishtirokchilarning asosiy eʼtibori mahalliy davlat hokimiyati organlari va mahalla raislarining jamoatchilik ekologik nazorati koʻnikmalarini oshirishga qaratildi. Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Avazbek Xalbekov “Mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan ekologik nazoratni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni oʻrganish va tahlil qilish natijalari” haqida maʼlumot berdi. 

Shuningdek, jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslari, ekologik nazoratni amalga oshirishda mahalla faollarining oʻrni, ekologik muammolarni yechishda OAV roli hamda uning jamoatchilik fikri va qaror qabul qilishga taʼsiri masalalariga oid mavzular doirasida fikr yuritildi.

Seminar yakunida poytaxtning bugungi ekologik holati qizgʻin muhokama qilinib, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga kelishildi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati