Joriy yilning 12-14-iyun kunlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkor tashkilotlar bilan birga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va 2024-yilgi Davlat dasturi ijrosi ustidan monitoring va jamoatchilik nazoratini tashkil etish, shuningdek, ularning maqsad va vazifalarini aholiga yetkazish maqsadida Samarqand viloyatida monitoring va jamoatchilik tadbirlarini oʻtkazmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Oʻzbekiston Parlamenti aʼzolari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbariyati, Samarqand viloyatidagi bir qator davlat va nodavlat tashkilotlari rahbariyati, ularning vakillari, viloyatdagi faollar, ommaviy axborot vositalari hamda “Yuksalish” harakati Samarqand viloyati hududiy boʻlinmasi masʼullari ishtirokida oʻtkazilib, 500 nafardan ortiq qatnashchilar qamrab olindi.
Dastlab, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov yurtdoshlarimizga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda 2024-yil Davlat dasturining maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari va vazifalarining mazmun-mohiyati boʻyicha maʼlumot berib oʻtdi.
Shundan soʻng, tadbir ishtirokchilari uchun “uzbekistan2030.uz” onlayn portali taqdimoti oʻtkazilib, platformadan qanday foydalanish, uning asosiy vazifa va imkoniyatlari tushuntirildi. Taʼkidlandiki, ushbu platforma orqali aholi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi hamda har yili mazkur hujjat asosida qabul qilinadigan Davlat dasturlarining amalga oshirilishi va natijadorligini muntazam kuzatib borishi hamda oʻz taklif, munosabatlarini bildirishi mumkin.
Tadbir davomida, Hududiy dasturlarda belgilangan vazifalar va ularning bajarilishi holati hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi.
Yakunda 2024-yilgi Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamalarida taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etgan yurtdoshlarimizga “Taraqqiyot strategiyasi” markazining tashakkurnomalari topshirildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati