• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

DAVLAT BOSHQARUVI AKADEMIYASIDA OʻTKAZILAYOTGAN SEMINARDA “OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI TAQDIMOT QILINDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining kadrlar bilan ishlashga masʼul tuzilmalari rahbarlarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida uch bosqichda oʻquv-amaliy seminarlar oʻtkazilmoqda.

“Yangi Oʻzbekistonda zamonaviy kadrlarni tayyorlashda yangi kompetensiyalarni shakllantirish” mavzusida oʻtkazilayotgan mazkur seminarning birinchi bosqichi joriy yilning 19-22-iyun kunlari boʻlib oʻtmoqda.

Oʻquv-amaliy seminarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov vazirlik va idoralarning kadrlar bilan ishlashga masʼul tuzilmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkiliy-kadrlar guruh rahbarlari, shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallari rahbarlari hamda oʻrinbosarlaridan iborat tinglovchilarga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishning ustuvor vazifalari” mavzusida taqdimot qildi. Seminar qatnashchilari mamlakatimizning keyingi yetti yillikdagi strategik maqsadlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Muloqot tarzida olib borilgan oʻquv jarayonida seminar tinglovchilari bilan Strategiyada belgilangan vazifalar boʻyicha muhokama oʻtkazilib, ularning munosabati oʻrganildi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati