Taraqqiyot strategiyasi markazi, Jahon banki va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va Taraqqiyot vazirligi hamkorligida “Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab: umumiy ijtimoiy-iqtisodiy tendensiyalar va energiya tariflarini isloh qilish boʻyicha jamoatchilik fikri” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Parlamenti, tegishli vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda aql markazlari ekspertlari ishtirok etishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov oʻzining kirish soʻzida Jahon banki tomonidan amalga oshirilayotgan “Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasining ahamiyatiga toʻxtalib, loyiha doirasida olib borilayotgan tadqiqotlar mamlakatdagi islohotlarning aholi hayotiga taʼsirini oʻrganishda muhimligini aytib oʻtdi.
Davra suhbatida Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy tendensiyalar va energiya tariflarini isloh qilish boʻyicha jamoatchilik fikri muhokama qilinib, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Xususan, Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchisi Devid Nayt oʻz nutqida 2023-yil noyabrida Jahon banki tomonidan nashr etilgan mamlakatning iqlim va rivojlanish toʻgʻrisidagi hisobotidan asosiy tezislarga toʻxtalar ekan, yirik energetik subsidiyalarga ega davlatlar qatoriga kiradigan Oʻzbekiston uchun bugungi kunda olib borilayotgan energetika sohasidagi islohotlar juda zarurligini taʼkidladi.
Tadbir davomida Mehnat kodeksini amaliyotga joriy etishni monitoring qilish va baholash, umumiy ijtimoiy-iqtisodiy tendensiyalar boʻyicha oʻzgarishlar, energiya tarifini isloh qilish boʻyicha fokus guruh muhokamalaridan asosiy xulosalar koʻrib chiqildi.
Shuningdek, “Oʻzbekistonda energiya samaradorligini va yashil energiya salohiyatini oshirish” mavzusida panel muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda tegishli vazirlik va idoralarning masʼul rahbar xodimlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, tarif islohotlari orqali energiya samaradorligini oshirish, muhtoj oilalarni himoya qilish choralari boʻyicha joriy holat toʻgʻrisida maʼlumot berilib, mavzu doirasidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Muhokamalar jarayonida soha ekspertlari, tajribali mutaxassislar oʻz mulohaza va takliflarini bildirishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati