• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

STRATEGIYA VA DAVLAT DASTURI IJROSI USTIDAN JAMOATCHILIK NAZORATINI TASHKIL ETISHGA QARATILGAN TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan qator vazirlik, idora va tashkilotlarda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilgi Davlat dasturi ijrosi ustidan monitoring va jamoatchilik nazoratini tashkil etish, shuningdek, ularning maqsad va vazifalarini fuqarolarga yetkazishga qaratilgan tadbirlar oʻtkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida boʻlib oʻtdi.

Unda Markaziy bank rahbariyati, tashkilotning markaziy apparati va zoom platformasi orqali hududiy bosh boshqarmalari xodimlari qatnashdi. Yigʻilganlarga “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Avazbek Xalbekov “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilgi Davlat dasturining mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berdi.

Taʼkidlanganidek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatimiz rivojining muhim fundamental asoslarini oʻzida qamrab olgan va barcha sohalar faoliyatining ustuvor vazifalarini belgilab beruvchi muhim hujjat hisoblanadi.

Mazkur hujjat asosida har yili qabul qilinadigan Davlat dasturlari ijrosi ustidan monitoring va jamoatchilik nazoratini samarali olib borilishi Oʻzbekistonning oʻz oldiga qoʻygan strategik maqsadlariga erishishida juda muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqqan holda aholiga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi hamda Davlat dasturlarining amalga oshirilishi va natijadorligini muntazam kuzatib borishi va oʻz taklif, munosabatlarini bildirishi uchun maxsus “Uzbekistan2030.uz” platformasi ishlab chiqilgan.

Tadbir davomida ushbu platformaning taqdimoti ham oʻtkazilib, ishtirokchilar portal haqida kerakli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati