Davlat aktivlarini boshqarish agentligida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati va unda belgilangan dolzarb vazifalar, shuningdek, 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturi ijrosi muhokamasiga oid tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Agentlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari, shuningdek, “zoom” platformasi orqali barcha hududiy boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosari Mahamatnosir Qodirov soʻzga chiqib, “Oʻzbekiston-2030” strategiyasining 2024-yilga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatlarni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilanganligini taʼkidlab oʻtdi.
Tadbir qatnashchilariga “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Avazbek Xalbekov “Oʻzbekiston–2030” strategiyasi va Davlat dasturining ustuvor yoʻnalishlari haqida maʼlumot berdi.
Shuningdek, muloqot davomida Strategiyada belgilangan xususiylashtirish, davlat mulklari va yer munosabatlari sohasiga oid muhim vazifalar ijrosi boʻyicha koʻrilayotgan chora-tabdirlar muhokama qilindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati