• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

BANKLARDA “OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI VA DAVLAT DASTURI MUHOKAMASIGA OID TADBIRLAR OʻTKAZILDI

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilgi Davlat dasturi muhokamasiga oid tadbirlar banklarda, xususan, AT “Aloqabank”, “Oʻzmilliybank” AJ va “Agrobank”ATB bosh ofislarida oʻtkazildi. Mazkur uchrashuvlarda Oliy Majlis Senati aʼzolari, tijorat banklari rahbariyati, shuningdek, videokonferensaloqa orqali tizimning respublika boʻylab hududiy boshqarmalari, filiallaridan jami uch ming nafarga yaqin bank xodimlari qatnashdi.

Tadbirlarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Strategiya va Davlat dasturining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan taqdimotlar oʻtkazdi. Markaz rahbari oʻz nutqida ushbu hujjatlarning ustuvor yoʻnalish va maqsadlari, ularni samarali amalga oshirish koʻrsatkichlari haqida soʻz yuritib, aynan iqtisod va moliya yoʻnalishlari bilan bogʻliq belgilangan vazifalarga alohida toʻxtaldi.

Taʼkidlanganidek, Strategiyada bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, xizmatlar bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish maqsadida bir qator, xususan, bank va moliya tizimida yillik kreditlash hamda bank omonatlari hajmini oshirish, banklarni xususiylashtirish bilan bir qatorda bozorga kamida 4 ta yirik nufuzli chet el bankini jalb qilish, shuningdek, banklarga xalqaro tan olingan minimal standart va talablarni joriy qilish orqali meʼyorlar va nazorat bazalarini takomillashtirish, kamida 3 ta tijorat bankida islom moliyasi mezon va tartiblarini joriy etish, uning qonuniy asoslarini shakllantirish kabi aniq vazifalar belgilangan.

Tadbirlar davomida bank tizimida ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Shuningdek, Strategik hujjatlarning ijrosida aholi ishtiroki va jamoatchilik nazorati muhimligi tilga olinib, bank xodimlariga “uzbekistan2030.uz” onlayn portali, uning asosiy vazifa va imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi. Ularga ushbu platforma orqali “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi hamda Davlat dasturining amalga oshirilishi va natijadorligini muntazam kuzatib, oʻz taklif, munosabatlarini bildirib borishlari mumkinligi eslatib oʻtildi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati