• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

“OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI VA DAVLAT DASTURIDA BELGILANGAN OLIY TAʼLIM SOHASIGA OID VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilgi Davlat dasturi muhokamasiga oid tadbirda Oliy Majlis Senati aʼzolari, vazirlik rahbariyati, tizim tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari rahbar xodimlari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati ekspertlari ishtirok etdi.

Muhokamada Markaz boʻlim boshligʻi Jamshid Sharipov “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va Davlat dasturi boʻyicha taqdimot oʻtkazib, yigʻilganlarga oliy taʼlim, fan, innovatsiya sohalariga oid belgilangan maqsad va vazifalarning mazmun-mohiyati haqida kengroq maʼlumot berdi.

Jumladan, Strategiyada oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yoʻnalishlar bilan boyitish, yosh tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash, barcha yoʻnalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish hamda ilmiy tadqiqotlar va innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan maqsadlarning ahamiyatiga toʻxtaldi.

Xususan, bu yilgi Davlat dasturida yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish choralarini koʻrish, oliy taʼlim muassasalarini dunyoning eng nufuzli “TOP-1000” oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritish, “Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda qoʻshma dasturlar asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish kabi aniq maqsadlar boʻyicha muhim vazifalar belgilangan.

Tadbir davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
 Axborot xizmati