Joriy yilning 22-24-iyul kunlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkor tashkilotlar bilan birga Buxoro viloyatida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturi ijrosi ustidan jamoatchilik monitoringini tashkil etish, shuningdek, ularning maqsad va vazifalarini aholiga yetkazish maqsadida tadbirlar oʻtkazmoqda.
Buxoro viloyati hokimligida oʻtkazilgan muhokamada Oʻzbekiston Respublikasi Parlamenti aʼzolari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari, viloyat hokimligi rahbariyati, mahalliy Kengashlar deputatlari, viloyatdagi tegishli idora va tashkilotlar hamda “Yuksalish” harakati viloyat hududiy boʻlinmasi mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, zoom orqali shahar va tumanlar hokimliklaridan masʼullar, oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari tomonidan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturining mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazildi.
Taʼkidlandiki, Strategiyada turli sohalardagi islohotlar, xususan, taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimlarining takomillashtirilishi, iqtisodiy oʻsish, aholi farovonligini oshirish, ekologik barqarorlikni taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish, mamlakat xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish boʻyicha aniq vazifalar belgilangan boʻlib, ularning oʻz vaqtida ijrosini taʼminlanishi masʼul tashkilot, idora va muassasalar bilan bir qatorda davlat hokimiyati boshqaruv idoralari, shahar va tumanlar hokimliklarining zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi.
Shundan kelib chiqqan holda Hududiy dasturlarda belgilangan vazifalar va ularning bajarilishi holati hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi.
Shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari yigʻilganlarga “uzbekistan2030.uz” onlayn portali, uning asosiy vazifa va imkoniyatlari haqida maʼlumot berib, barchani Strategiya va Davlat dasturi ijrosini oʻrganish maqsadida oʻtkazilayotgan soʻrovnomada faol ishtirok etishga chaqirdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmat