Joriy yilning 25-27-iyul kunlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Navoiy viloyatida “Oʻzbekiston– 2030” strategiyasi va 2024-yilgi Davlat dasturi ijrosi ustidan jamoatchilik monitoringini tashkil etish, ularda belgilangan ustuvor yoʻnalish va vazifalarni aholiga yetkazish maqsadida tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Parlamenti aʼzolari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari, Navoiy viloyati hokimligi mutasaddilari, viloyatdagi mavjud davlat va nodavlat tashkilotlar rahbariyati, mahalliy Kengashlar deputatlari, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari tomonidan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturining mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazildi.
Taʼkidlandiki, Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlarida barcha fuqarolarning oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun imkoniyatlar yaratish, sogʻlom va bilimli avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish hamda adolat, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni kafolatlash maqsadlari mujassam. Asosiy maqsad mamlakat taraqqiyoti va amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.
- Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish jarayonida toʻplangan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan mazkur hujjat ijrosida ham faol fuqarolik pozitsiyasi – jamoatchilik nazorati juda muhim. Bu oʻz navbatida Strategiyada belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlanishiga masʼul tashkilot va muassasalar, davlat hokimiyati boshqaruv idoralari, shahar va tumanlar hokimliklarining masʼuliyatini oshirishga xizmat qiladi, – deya taʼkidladi oʻz nutqida Markaz boʻlim boshligʻi Avazbek Xalbekov.
Tadbir davomida aholi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi hamda har yili Strategiya asosida qabul qilinadigan Davlat dasturlarining ijrosini muntazam kuzatib, oʻz fikr, taklif va munosabatlarini bildirib borish imkoniyatiga ega boʻlgan “uzbekistan2030.uz” onlayn portali taqdimoti oʻtkazilib, uning asosiy vazifa va imkoniyatlari haqida yigʻilganlarga maʼlumot berildi.
Shuningdek, hududiy dasturlarda belgilangan vazifalar va ularning bajarilishi holati hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijro holati koʻrib chiqilib, muhokama qilindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati