Turonbank bosh ofisida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilgi Davlat dasturining ijrosi muhokamasiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.
Turonbankning hududlardagi markazlari xodimlari ham qamrab olingan uchrashuvda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov, Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi Erkin Gadoyev hamda Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Malika Kadirxanova ishtirok etishdi.
Markaz rahbari Eldor Tulyakov ishtirokchilarga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi haqida muhim maʼlumotlarni taqdim etdi. Shuningdek “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi borasida ham soʻz yuritdi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, 2030-yilga qadar iqtisodiyot tarmoqlariga 275 trln soʻm kredit resurslarni yoʻnaltirish, jumladan 41 trln soʻmlik mikromoliya xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash, shuningdek, kredit stavkalarini bozor mexanizmlari asosida 2-3 foiz bandga pasaytirish maqsad qilingan. Byudjet taqchilligining YIMga nisbatini 4 foizdan yuqori boʻlmasligi hamda inflyatsiya darajasi 9 foiz atrofida boʻlishini taʼminlash rejalashtirilgan.
Tadbir davomida fuqarolar Strategiya va Davlat dasturlarining ijro holatini muntazam kuzatib, oʻz fikr, taklif va munosabatlarini bildirib borish imkoniyatiga ega boʻlgan “uzbekistan2030.uz” onlayn portali taqdimoti oʻtkazilib, maxsus videorolik namoyish etildi.
Shuningdek, Turonbank boshqaruvi Raisi oʻrinbosari Shaxlo Ibragimova “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilgi Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Turonbank tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Muhokamalar yakunida bank xodimlarining Strategiya boʻyicha bilimlarini mustahkamlash maqsadida qiziqarli viktorina ham oʻtkazildi. Savollariga toʻgʻri javob bergan xodimlar sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati