• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

“TARAQQIYOT STRATEGIYASI” MARKAZI XODIMI “XALQLAR DOʻSTLIGI” KOʻKRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI

30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Avazbek Xolbekov ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki hamda respublikada millatlararo doʻstlik va totuvlik muhiti mustahkamlanishiga qoʻshib kelayotgan munosib hissasi uchun “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Markaz xodimiga ushbu mukofot Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida tantanali tarzda topshirildi.

Maʼlumki, hukumat qaroriga koʻra, “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni bilan respublikada yashayotgan barcha millat va elat vakillari oʻrtasida millatlararo doʻstlik va totuvlik muhiti mustahkamlanishiga munosib hissa qoʻshgan, milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida fidokorona mehnat qilgan mahalliy va xorijiy davlat organlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy soha va OAV vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar taqdirlanadi.

Markaz jamoasi Avazbek Xolbekovni ushbu yuksak eʼtirof bilan samimiy qutlab, oilaviy xotirjamlik, mustahkam sogʻlik, kelgusidagi mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilab qoladi.

“Taraqqiyot strategiyasi”
markazi jamoasi