Maʼlumki, joriy yil 27-oktyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlar boʻlib oʻtadi. Shu munosabat bilan bu yilgi saylovlarning tashkil etilishi hamda oʻtkazilish bosqichlari haqida keng jamoatchilikka maʼlumot yetkazib borish maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan qator davlat idoralari va tashkilotlarda davra suhbatlari, seminarlar oʻtkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari uchun tashkil etildi. “Siyosiy raqobat muhitida oʻtadigan saylovlar” mavzusida boʻlib oʻtgan seminarda Markaz boʻlim boshligʻi Anvarjon Mirkomilov tinglovchilarga saylov qonunchiligiga oid oʻzgarishlar, aralash saylov tizimi, “E-saylov” axborot tizimi imkoniyatlari, deputatlikka nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtdi. Shuningdek, ekspert tomonidan partiyalarning siyosiy maydondagi oʻrni, deputatlikka nomzodlar orasida nogironligi boʻlgan shaxslar, saylovni tashkil etish va oʻtkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kabi masalalar toʻgʻrisida muhim tushunchalar berildi.
Interfaol tarzda tashkil etilgan seminar davomida tinglovchilar saylovlar bilan bogʻliq fikr-mulohazalarini bildirishib, muloqot jarayonida oʻz savollariga batafsil javoblar olishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati