Joriy yilning 25-27-sentyabr kunlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkor tashkilotlar bilan birga Surxondaryo viloyatida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va 2024-yilgi Davlat dasturi ijrosi ustidan jamoatchilik monitoringini tashkil etish, shuningdek, ularning maqsad va vazifalarini aholiga yetkazish maqsadida tadbirlar oʻtkazmoqda.
Jumladan, Surxondaryo viloyati hokimligida tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Parlamenti aʼzolari – senatorlar va Qonunchilik palatasi deputatlari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari, viloyat hokimligi rahbariyati, mahalliy Kengashlar deputatlari, shuningdek, viloyatdagi tegishli idora va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Dastlab, tadbir ishtirokchilariga “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari tomonidan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda 2024-yilgi Davlat dasturining maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari va vazifalarining mazmun-mohiyati yetkazildi.
Taʼkidlandiki, Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlarida har bir insonning oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun munosib sharoitlar yaratish, sogʻlom va bilimli avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish hamda adolat, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni kafolatlash maqsadlari aks etgan. Asosiy vazifa mamlakat taraqqiyoti va amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.
Shuningdek, tadbir davomida “uzbekistan2030.uz” onlayn portali, uning asosiy vazifa va imkoniyatlari haqida maʼlumot berilib, ishtirokchilar Strategiya va Davlat dasturi ijrosini oʻrganish maqsadida oʻtkazilayotgan soʻrovnoma mazmuni bilan tanishtirildi.
Shundan soʻng Hududiy dasturlarda belgilangan vazifalar va ularning bajarilishi holati hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi qizgʻin muhokama qilindi.
Eslatib oʻtamiz, monitoring tadbirlari doirasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari uch kun davomida viloyatdagi bir qator tashkilot va muassasalar hamda mahalla fuqarolar yigʻinlarida boʻlib “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijro holatini oʻrganishadi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati