Toshkent shahrida “Demokratik jarayonlarni yanada takomillashtirish: zamonaviy yondashuvlar va xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro davra suhbati oʻtkazildi. Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Anvarjon Mirkomilov maʼruza bilan ishtirok etdi.
Davra suhbatida mahalliy, shuningdek, Buyuk Britaniya, Kanada, Ozarbayjon, Misr, Pokiston, Rossiya kabi davlatlardan xalqaro darajadagi ekspertlar, olimlar, siyosatshunoslar qatnashdi.
Xalqaro tadbirda mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy islohotlar, xalq hokimiyatini mustahkamlash, yangi saylov tizimi va siyosiy raqobatni rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ommaviy axborot vositalari erkinligini taʼminlashdagi muhim qadamlar va erishilgan natijalarga oid maʼruzalar tinglandi.
Jumladan, Markaz eksperti oʻz nutqida mamlakatning rivojlanishida fuqarolik jamiyati institutlarining ahamiyati haqida gapirdi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda davlat va jamiyat boshqaruvi, amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, muhim strategiyalar, davlat dasturlari, qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida, shuningdek, ularning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishda nodavlat notijorat tashkilotlarning faol ishtirok etayotganligini taʼkidlab oʻtdi.
“Oʻz navbatida, Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan “2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida mamlakatimizda eʼlon qilinadigan yilga oid davlat dasturida ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari sonini 2025-yildagi davlat dasturida 50 taga yetkazish vazifasi belgilangan boʻlsa, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida 2030-yilga borib 80 taga yetkazish maqsad qilingan” – dedi Anvarjon Mirkomilov.
Muhokamalarda demokratik jarayonlarni yanada jadallashtirish boʻyicha fikr almashish va amaliy takliflar ishlab chiqishga eʼtibor qaratildi. Taʼkidlandiki, bunday muloqotlar xorijiy tajribani oʻrganish va uni milliy amaliyot bilan qiyoslash, ijobiy jihatlarini joriy etishga imkon beradi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati