• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

III GLOBAL VA MILLIY IQTISODIYOT TRENDLARI: OʻZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI FORUMI

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “III Global va milliy iqtisodiyot trendlari: Oʻzbekiston – 2030 strategiyasi” forumi oʻtkazilmoqda.

Ikki kun davom etadigan mazkur xalqaro tadbir orqali “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida keltirilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy va mahalliy ekspertlarning ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi platformasini yaratish va natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsad qilingan.

Mazkur forumda Parlament aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar, aql markazlari, oliy taʼlim hamda ilmiy tadqiqot muassasalari rahbarlari, shuningdek, dunyoning oʻndan ortiq mamlakatlaridan xalqaro toifadagi mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Anjumanning ochilish marosimida soʻzga chiqqan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov xalqaro forum ishiga muvaffaqiyat tilab, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash alohida ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilanganligini aytib oʻtdi. Markaz rahbari taʼkidlaganidek, Strategiyaning ushbu ustuvor yoʻnalishidan makroiqtisodiy barqarorlik, raqamli iqtisodiyot, fiskal siyosat, sanoat, energetika, yashil iqtisodiyot, kapital bozori, investitsion siyosat, eksport, transport-logistika, turizm, tadbirkorlik kabi iqtisodiyotning barcha sohalari boʻyicha 2030-yilgacha amalga oshirilishi koʻzda tutilgan eng muhim maqsadlar va samaradorlik koʻrsatkichlari oʻrin olgan.

Eldor Tulyakov xorijiy va milliy ekspertlarni, turli davlatlarning tajribali iqtisodchilarini bir joyga jamlagan mazkur xalqaro forum “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar va iqtisodiy koʻrsatkichlarga aniq va samarali erishish boʻyicha ilmiy asoslangan gʻoyalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda alohida ahamiyat kasb etishini taʼkidlab oʻtdi.

Mazkur xalqaro tadbir doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar, talabalar festivali, yosh olimlar oʻrtasida loyiha, startap, maqolalar tanlovlari, fan olimpiadalari, ilmiy-amaliy seminarlar oʻtkazilmoqda.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi

Axborot xizmati