Toshkent shahrida 2024-yilgi Oʻzbekiston parlamenti saylovlari natijalarini va yangi parlament hamda fuqarolik jamiyatining islohotlarni ilgari surishdagi rolini muhokama qilish masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazildi. Tadbirda siyosatchilar, fuqarolik jamiyati yetakchilari va xalqaro ekspertlar yigʻilib, siyosiy raqobat darajasi, yangi parlament tarkibi va uning mamlakat kelajagini shakllantirishdagi oʻrnini tahlil qilishdi.
Jumladan, anjumanda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov oʻzining “Mahalliy kengashlar vakolatlarini kengaytirish orqali boshqaruv samaradorligini oshirish” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Markaz rahbari oʻz nutqida mahalliy kengashlarning vakolatlarini kengaytirish, ularni muhim qarorlarni qabul qiladigan faol organlarga aylantirish boʻyicha erishilayotgan natijalarga toʻxtalib oʻtdi.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda mahalliy kengashlarga koʻplab vakolatlar berildi. Ilgari davlat organlari mahalliy kengashlarga hisobot berishda bor-yoʻgʻi 20 ga yaqin masalalar bilan cheklangan boʻlsa, endilikda 60 dan ortiq davlat organlari 120 dan ziyod masala yuzasidan hisobot beradi.
Shuningdek, Markaz rahbari Prezidentning parlamentga murojaatida ilgari surilgan mahalliy kengashlarning rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim tashabbuslarning ahamiyati haqida gapirdi. Xususan, qonunchilik jarayonlarida yangi mexanizmlarni joriy etish – qonun loyihalarini muhokama qilishda kengashlarning ishtirokini taʼminlash va har bir qonun boʻyicha mahalliy kengashlarning fikrini olish amaliyotini joriy etish muhim ahamiyatga egaligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Darhaqiqat, mahalliy kengashlarning vakolatlarini kengaytirish samarali boshqaruv tizimini yaratishga xizmat qiladi. Bu oʻzgarishlar xalq manfaatlarini eng yaxshi tarzda aks ettiruvchi demokratik boshqaruv modelini shakllantiradi.
Muhokamalar jarayonida anjuman ishtirokchilari Oʻzbekistonda 2016-yildan beri siyosiy islohotlar yoʻlida katta qadamlar tashlangani va 2024-yilgi parlament saylovlarida bu oʻz samarasini koʻrsatganligini eʼtirof etishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati