Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida “Inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashda nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat organlarining hamkorligi” mavzusida Milliy forum oʻtkazildi. Unda mahalliy va xorijiy ekspertlar, sohaga aloqador vazirlik va idoralar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Forumda Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va ragʻbatlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qonunchilik, maʼmuriy va sud-huquq tizimidagi islohotlar va bu jarayonda davlat va nodavlat tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.
Shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiya, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi, shuningdek, 2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi doirasida inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar tizimini takomillashtirish, bolalar, ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy zaif qatlamlari huquqlarini himoya qilish, gender tengligini taʼminlash, ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonliklarni bartaraf etish boʻyicha qonunchilik takomillashtirilib, muhim chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov soʻzga chiqib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida inson huquq va erkinlarini taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlari haqida gapirdi. Shuningdek, Markaz rahbari mazkur hujjatda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan, jumladan, mamlakatimizni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha xabga aylantirish borasida belgilangan vazifalar ahamiyatiga toʻxtaldi.
Taʼkidlanganidek, Strategiyada ochiqlik siyosatini izchil davom ettirib, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatishga boʻlgan huquqlarini kafolatli taʼminlash, ijtimoiy sheriklikda amalga oshiriladigan loyihalar sonini kamida 3 baravarga koʻpaytirish, davlat dasturlarida ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari sonini kamida 80 taga yetkazish kabi aniq vazifalar belgilangan.
Forum davomida soʻzga chiqqanlar mazkur islohotlar davomiyligini, xususan, inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlashda davlat organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini rivojlantirish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati