Joriy yilning 6-dekabr kuni Adliya vazirligida Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi. 40 nafarga yaqin NNT rahbarlari va jamoatchilik faollari qatnashgan ushbu tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ham ishtirok etdi.
Muloqotda asosiy eʼtibor fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni samarali hal qilish, fikr almashish, sohada mavjud islohotlarni muhokama etishga qaratildi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda davlat va jamiyat oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni mustahkamlash borasida sezilarli natijalarga erishilib, amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, aholining ijtimoiy faolligini oshirishda muhim oʻrin tutayotgani qayd etildi.
Taʼkidlandiki, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada fuqarolik jamiyati institutlariga alohida bob ajratildi. Jumladan, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari fuqarolik jamiyatining asoslarini tashkil etishi belgilab qoʻyildi.
Shuningdek, “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilinib, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rolini yanada oshirish, ularning faoliyatini rivojlantirishga qaratildi.
Mazkur hujjat fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat boshqaruvidagi bevosita ishtiroki uchun yangi imkoniyatlar va ijtimoiy sheriklik institutini rivojlantirish boʻyicha tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratib, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati taʼsirchanligini oshirishga xizmat qiladi.
Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi oʻzgarishlar, NNTlar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar borasida oʻz fikrlarini bildirishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati