OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Yuksalish umummilliy harakati Toshkent shahar Kengashi hamkorligida “Davlat dasturi loyihasi – OʻzLiDeP yoshlari nigohida” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi.
Tadbirda siyosiy partiyaning volontyor yoshlari va oliy taʼlim muassasalari talabalari qatnashdi. Jamoatchilik muhokamasida ishtirok etgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Jamshid Sharipov Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilayotgan muhim vazifalar, xususan, jamiyatda atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni oshirish maqsadida taklif etilayotgan chora-tadbirlar haqida toʻxtalib oʻtdi.
Jumladan, loyihaga koʻra Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻyicha yetakchi OTM etib belgilash, “sirkulyar iqtisodiyot” taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash amaliyotini hamda hududlarda “yashil texnikumlari” faoliyatini yoʻlga qoʻyish, davlat oliy taʼlim muassasalarida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish” fani va oʻquv dasturlarini kiritish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, “Ekofaol fuqaro” hayot tarzini keng targʻib qilishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yoʻlga qoʻyiladi, bunda:
- aholi orasida kunlik yurish va yugurishni targʻib qilish;
- “yashil transportda”, shu jumladan, velosipedda harakatlanishni ragʻbatlantirish;
- plastik mahsulotlardan foydalanishni kamaytirish;
- oziq-ovqat isrofgarchiligini oldini olish;
- suv, gaz va elektr energiyasi resurslaridan oqilona foydalanish belgilanadi.
Ochiq muloqotda Davlat dasturi loyihasi doirasida qabul qilinishi kutilayotgan normativ huquqiy hujjatlarning ahamiyati haqida ham soʻz yuritilib, tadbir ishtirokchilarining hujjat loyihasiga munosabati, fikr va takliflari tinglandi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati