2025-yilning 20-23-yanvar kunlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov boshchiligidagi markaz xodimlaridan iborat delegatsiya Malayziya davlat boshqaruvi idoralari va yetakchi tahlil markazlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida amaliy tashrif bilan Kuala-Lumpur shahrida boʻldi.
Tashrifning birinchi kuni Malayziya parlamenti Vakillar palatasining Xalqaro munosabatlar va xalqaro savdo qoʻmitasi raisi Vong Chen bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqotlar jarayonida Markaz rahbari Eldor Tulyakov malayziyalik hamkorlarni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyati hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, shuningdek, mamlakatimizda ustuvor yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi.
Malayziya parlamenti deputati V.Chen Oʻzbekistondagi joriy islohotlarni demokratik meʼyorlarni hisobga olgan holda tabiiy siyosiy jarayon sifatida taʼriflab, Oʻzbekiston-Malayziya parlamentlararo hamkorligi ikki tomonlama aloqalarning muhim yoʻnalishi ekanini taʼkidladi.
Shuningdek, 20-yanvar kuni Malayziyaning Osiyo-Yevropa instituti rahbariyati – ijrochi direktor Raja Rasiya va uning oʻrinbosarlari Kevin Fernandes va Odil Johanlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad ikki tomonlama aloqalarni oʻrnatish hamda Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dinamikasi va istiqbollarini muhokama qilishdan iborat boʻldi.
Osiyo-Yevropa instituti ijrochi direktori R.Rasiya mamlakat ichki va tashqi siyosatidagi ijobiy oʻzgarishlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish ustuvorligini taʼkidladi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda dolzarb mavzularda ilmiy-tadqiqot kitoblarini nashr etish boʻyicha taklifni ilgari surdi. Shu bilan birga, Malayziya tomoni birgalikda qoʻshma tadbirlarni amalga oshirishga tayyorligini maʼlum qildi. Xususan, Malayziya oliy taʼlim muassasalari doktorantlari va magistrantlari uchun “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlarining maʼruzalarini tashkil etish, shuningdek, Oʻzbekistonning Malayziya va ASEANning boshqa mamlakatlari bilan ikki hamda koʻp tomonlama aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshma tadbirlarni amalga oshirishda Osiyo-Yevropa instituti imkoniyatlaridan foydalanish taklifini bildirdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati