“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov boshchiligidagi delegatsiyaning Malayziyaga amaliy tashrifi doirasida ushbu mamlakatning yetakchi tahliliy markazi hisoblangan Strategik va xalqaro tadqiqotlar instituti (ISIS Malaysia) bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Malayziya Strategik va xalqaro tadqiqotlar instituti Malayziya Strategik va xalqaro tadqiqotlar instituti 1983 yil aprel oyida mustaqil notijorat tadqiqot tashkiloti sifatida taʼsis etilgan. Institut tashqi siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, davlat boshqaruvi, ijtimoiy siyosat, texnologiyalar, innovatsiyalar va atrof-muhit sohalarida tadqiqotlar olib boradi. Shuningdek, institut ekspertlari muntazam ravishda mamlakatning konseptual hujjatlarini tayyorlashda, xususan Malayziyaning “Vision 2020” strategiyasini, “Iqtisodiyot bosh rejasi” tashabbusi va “Malayziya Madani” konsepsiyasini ishlab chiqishda qatnashgan.
Taʼkidlash lozimki, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Malayziya Madani” konsepsiyasining maqsad va vazifalarida hamohanglik mavjud bo‘lib, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Malayziya Strategik va xalqaro tadqiqotlar instituti hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum asosida ushbu o‘xshashliklarni batafsil o‘rganish, shuningdek, strategik hujjatlarning ijrosini monitoring qilish bo‘yicha tajriba almashish bo‘yicha kelishib oldilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davomida Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi direktori Li Xen Guye bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda asosiy eʼtibor O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishga qaratildi. O‘z navbatida, Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi direktori Li Xen Guye O‘zbekiston va Malayziya ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da jadallashtirishga qiziqish bildirayotganini taʼkidladi. Ikki davlatning o‘z mintaqalarida iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha ilg‘or mamlakatlardan ekanligi hamda mazkur salohiyat Markaziy Osiyo va ASEAN makonida o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishiga eʼtibor qaratildi.
O‘z navbatida, “Taraqqiyot strategiyasi” rahbari Eldor Tulyakov malayziyalik hamkorlarni mamlakatimizda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar, shuningdek, Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.
Shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi delegatsiyasining Malayziya Federal sudi Markaziy apparati rahbari Zamri Bin Hoji Bakar bilan uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda Zamri Bakar sud tizimi sohasida hamkorlik, xususan, O‘zbekiston – Malayziya delegatsiyalari va tajriba almashinuvini rivojlantirish muhimligini taʼkidladi.
O‘z navbatida, Markaz rahbari Eldor Tulyakov xorijiy tomonni qiziqtirgan barcha savollarga javob berib, mamlakatda sudlar mustaqilligini yana-da oshirish bo‘yicha “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida erishilgan natijalar va qo‘yilgan vazifalar haqida maʼlumot berdi.
Malayziya Federal sudi Markaziy apparati rahbari Z.Bakar O‘zbekistonda sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni olqishlab, qisqa davr ichida katta ijobiy natijalarga erishilganini eʼtirof etdi. Yakunda tomonlar o‘zaro manfaatli soha va yo‘nalishlar doirasida hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati